Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Namanganda do‘l yog‘ishi sun’iy ravizda zaiflashtirildi

Namanganda do‘l yog‘ishi sun’iy ravizda zaiflashtirildi

Namangan viloyatining Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 1, 11 va 12 may kunlari do‘l jarayonli bulutlarga ta’sir ko‘rsatish maqsadida jami 57 dona “Alazan-6” do‘lga qarshi vositasi qo‘llanildi. Natijada do‘l jarayoni zaiflashtirilgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi ta’sirida O‘zbekistonda ham bahor mavsumida qisqa muddatli kuchli yog‘ingarchilik, jala va do‘l hodisalari ko‘paymoqda. Yog‘inlar hajmi kamaymagan bo‘lsa-da, ular qisqa vaqt ichida katta miqdorda yog‘ishi oqibatida sel va suv toshqinlariga sabab bo‘lmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, bahor va yoz fasllarida do‘lli jarayonlar faolligi yillar kesimida o‘zgaruvchan tendensiyaga ega bo‘lgan. Jumladan, 2020 yilda 33 kun, 2021 yilda 34 kun, 2022 yilda 29 kun, 2023 yilda 24 kun, 2024 yilda 40 kun va 2025 yilda 13 kun do‘lli jarayonlar kuzatilgan.

Ayni paytda O‘zgidromet tizimidagi Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish xizmati bo‘linmalari Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘lning salbiy ta’siridan muhofaza qilish ishlarini olib bormoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, konvektiv bulutlarga ta’sir ko‘rsatilganidan keyin ham qisqa muddatli do‘l hodisalari kuzatilishi mumkin. Shuningdek, do‘lga qarshi kurashish mavsumida barcha xizmat bo‘linmalari shtat rejimida faoliyat yuritmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!