Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Namangan viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larining talon-toroji fosh etildi

Namangan viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larining talon-toroji fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Mehnatobod” va “Dehqonobod” MFY hududlaridagi xonadonlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, mazkur MTTlar faoliyat yuritmasa-da, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, 1,3 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Kiritildi: Bugun 08:12. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!