Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Muhofaza hududlaridagi jonivorlar qo‘shimcha ozuqalar bilan ta’minlanmoqda

Muhofaza hududlaridagi jonivorlar qo‘shimcha ozuqalar bilan ta’minlanmoqda

Ayni damda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda biotexnik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Tadbir davomida kuz-qish mavsumida hayvonlar va qushlarning ozuqa topishiga ko‘maklashilmoqda. Xususan, "Surxon" davlat qo‘riqxonasida buloq ko‘zlari ochilib, yovvoyi hayvonlarning suv ichishi uchun sharoit yaratilayotgan bo‘lsa, "Qizilqum" davlat qo‘riqxonasida yovvoyi hayvonlarni qo‘shimcha oziqlantirish maqsadida ozuqa vositalari qo‘yib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervasii xodimlari tomonidan Buxoro bug‘ullarini qo‘shimcha oziqlantirish maqsadida omuxta-em va dag‘al xashak ozuqalari berib borilmoqda. Biotexnik tadbirlar boshqa muhofaza hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, bu kabi tadbirlar yil davomida o‘tkaziladi va yovvoyi hayvonlarning xilma-xil turlarini, tabiiy galalari va to‘dalari bir butunligini ta’minlash, yashash muhiti va urchish joylarini, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlab qolish va muhofaza choralarini amalga oshirishni ta’minlaydi.

Shuningdek, yovvoyi hayvon turlarini avvalgi yashash joylariga qaytarish va ularni yarim erkin sharoitlarda ko‘paytirish, noqulay ob-havo sharoitida yashab qolishini ta’minlash, tabiiy ofatlar oqibatida falokatga uchragan yoki o‘zi uchun notabiiy sharoitga tushib qolgan yovvoyi hayvonlarni qutqarish hamda ekologik va ovchilar turizmini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 18:21 02.10.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!