Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik mutaxassis: "Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasiga tayinlash g‘oyasi makkorlikdan boshqa narsa emas"

Rossiyalik mutaxassis: "Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasiga tayinlash g‘oyasi makkorlikdan boshqa narsa emas"

Rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashiy italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga munosabat bildirdi.

Nepomnyashiyning fikricha, bunday mashhur murabbiyni O‘zbekiston terma jamoasiga taklif qilish g‘oyasi bahsli ko‘rinadi. U ilgari ham mamlakatda taniqli murabbiylar faoliyat yuritganini ta’kidlab, Kannavaroning 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun eng maqbul tanlov bo‘lishiga ishonchi komil emasligini aytdi.

- O‘zbekistonda avval ham nomi chiqqan murabbiylar ishlab ko‘rgan. Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasiga tayinlash g‘oyasi makkorlikdan boshqa narsa emas. Uning O‘zbekistondagi ishlari qanday kechishini oldindan aytishim qiyin", - deya ekspertning so‘zlarini keltiradi Metaratings.

Kiritildi: 19:03 04.10.2025. O'qildi: 3012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!