Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Biz qurollarni kelajakdagi Falastin davlatiga topshiramiz"

"Biz qurollarni kelajakdagi Falastin davlatiga topshiramiz"

HAMAS rasmiysi Musa Abu Marzooq:

"Bizning ustuvor maqsadimiz — urush va qirg‘inlarni to‘xtatish. Shu nuqtai nazardan, biz Trampning rejasiga ijobiy yondashyapmiz. Biz milliy miqyosda G‘azoni boshqarishni mustaqil shaxslarga, Falastin ma’muriyati doirasida topshirishga rozi bo‘ldik. Mahbuslar va jasadlarni 72 soat ichida topshirish amaldagi sharoitda nazariy va real emas. Kelajakni shakllantirish — bu milliy masala, HAMAS buni yolg‘iz hal qilmaydi.

Biz harakat va qurollarga oid barcha masalalar yuzasidan muzokara olib borishga tayyormiz. Isroil aytadi, go‘yoki HAMASning 90 foiz imkoniyatlari yo‘q qilingan — unda ular qaysi qurollar haqida gapiryapti? Tramp esa HAMASning 25 ming jangchisi halok bo‘lgan deb ta’kidladi. U aytayotgan jangchilar qayerda?

Trampning rejasi muzokarasiz amalga oshmaydi. HAMAS – milliy ozodlik harakati. Rejada keltirilgan “terrorizm” ta’rifi bizga tegishli emas. Bizning qurollarimiz bosqinchi kuchlarga qarshi kurashish uchun edi. Agar bosqin tugasa va falastinliklar o‘zlarini boshqara olsalar, qurollarga ehtiyoj qolmaydi. Biz qurollarni kelajakdagi Falastin davlatiga topshiramiz."

Kiritildi: 20:57 04.10.2025. O'qildi: 978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!