Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda gaz ta’minoti korxonasi rahbari YTHda vafot etdi

Qashqadaryoda gaz ta’minoti korxonasi rahbari YTHda vafot etdi

U mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotganda avariyaga uchragan.

3 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, unda “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti Nishon filiali rahbari hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida ​“Daryo” nashri xabar berdi.

​“Achinarlisi, marhumning jasadi tonggacha o‘sha yerda qolgan”, — deydi voqeadan xabardor manba.

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati Nishon filiali boshlig‘ining o‘limini tasdiqladi va ta’ziya izhor qildi. Ta’kidlanishicha, marhum hodisa sodir bo‘lgan paytda transport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlangan.

”Avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan ekan. Voqea haqiqatdan ham tunda bo‘lgan”, — deydi viloyat gaz filiali vakili.

Qashqadaryo viloyat IIB YHXB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Nishon tumangaz ta’minoti korxonasi rahbari o‘limiga sabab bo‘lgan YTH 3 oktyabr kuni tongda sodir bo‘lgan.

​“YTH ishtirokchilari ikki kishi bo‘lgan. Ulardan biri shifoxonada vafot etgan, biri tirik”, — deydi mas’ul.​

Kiritildi: 13:26 04.10.2025. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!