Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp qaror qildi: AQSh qurolli to‘qnashuv holatida

Tramp qaror qildi: AQSh qurolli to‘qnashuv holatida

Bu haqda AQSh prezidenti ma’muriyatining xizmat yozuvida so‘z boradi.


AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari narkokartellar bilan “qurolli to‘qnashuv” holatida ekanligini e’lon qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi, u prezident ma’muriyatining xizmat yozuvi bilan tanishgan.

Ushbu hujjat prezidentning harbiy vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha mislsiz bayonot hisoblanadi: Tramp narkotik moddalarning noqonuniy ayirboshlashini qurolli to‘qnashuv sifatida baholadi va u holatda harbiy kuch ishlatishni qonuniy deb hisoblash mumkinligini bildirdi. Bu qaror avval amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilayotgan operasiyalar uchun yangi asos bo‘ladi.

«Prezident shunday xulosaga keldiki, Qo‘shma Shtatlar yuqorida ko‘rsatilgan terrorchi tashkilotlar bilan xalqaro emas, balki qurolli to‘qnashuv holatida turibdi», — deyiladi yozuvda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Tramp Pentagonga narkokartellarga qarshi operasiyalarni qurolli to‘qnashuv qonunlari asosida olib borishni topshirgan.

«AQSh shunday tanlov oldida turibdiki, biz o‘zimizni va boshqalarni ushbu tan olingan terrorchi tashkilotlarning tinimsiz hujumlaridan himoya qilish uchun kuch ishlatishga majburmiz», — deyiladi xizmat yozuvida.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday voqealar rivoji Trampning «Avvalo Amerika» siyosiy yo‘nalishining yangi bosqichiga aylanadi, bu esa tashqi aralashuvlardan voz kechishni nazarda tutadi. Ammo ushbu qaror AQSh prezidentining harbiy vakolatlarini qay darajada kengaytirish mumkinligi haqida jiddiy savollar tug‘dirmoqda. Shuningdek, Kongress bu harakatlarni ma’qullash yoki taqiqlash bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanadimi, degan savol ham ochiq qolmoqda.

Avvalroq, Donald Trampning narkotiklarga qarshi kurashi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darish rejasi uchun niqob ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda Axios nashri Oq uydagi manbalarga tayanib yozgan.

Kiritildi: 08:48 04.10.2025. O'qildi: 1507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!