Rossiyaliklarning o‘n nafari ichida sakkiz nafari (79,1%) Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinga ishonch bildiradi. So‘rov natijalariga ko‘ra, 75,4% respondentlar davlat rahbarining faoliyatini ma’qullaydi. Bu haqda Ria NOVOSTI xabar bermoqda.
Shu bilan birga, faqat 16% rossiyalik Putinga ishonmasligini bildirgan, 14,6% esa uning faoliyatini salbiy baholagan.
Rossiya hukumati faoliyatini 47,9% so‘rovda ishtirok etganlar ma’qullagan, 20% esa ma’qullamagan. Shuningdek, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinga 60,1% respondent ishonch bildirgan, 19,7% esa unga ishonmasligini aytgan.