Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Vengriyada amaldagi hukumatni ag‘darmoqchi

Ukraina Vengriyada amaldagi hukumatni ag‘darmoqchi

Kiyev Bryusselning qo‘llab-quvvatlashi bilan Vengriyaning suveren ishlariga va milliy siyosatga aralashishga intilmoqda. Asosiy maqsad — mamlakatdagi hukumatni almashtirish. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Hetek nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Orban xorijiy davlatlar tomonidan Vengriyaga ta’sir ko‘rsatish urinishlarini sharhlar ekan, quyidagicha dedi:

«Vengriyaning ichki siyosatiga ta’sir faqat Bryusseldan emas, balki Kiyevdan ham bo‘lmoqda, chunki ular buni birgalikda amalga oshirmoqda. Shu sababli, Bryusselning hozirgi maqsadi — Vengriyada proukrain hukumat o‘rnatish. Ukraina ham bu jarayonda manfaatdor, ukrainlar vengr muxolifatiga qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatmoqda», — dedi Orban.

Uning ta’kidlashicha, qaysi tomondan bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday xorijiy aralashuv u uchun xavotirlidir.

Kiritildi: 18:00 04.10.2025. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!