Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mostovoy Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligiga noodatiy tarzda munosabat bildirdi

Mostovoy Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligiga noodatiy tarzda munosabat bildirdi

Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy 2006 yilgi jahon chempioni Fabio Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligiga munosabat bildirib, kichik bir to‘rt misrali she’r yozdi.

«Fabio, tayinlov bilan tabriklayman!

O‘zbekistonga Kannavaro bilan
Yorqin va rang-barang g‘alabalar tilayman,
Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar,
Mostovoydan Fabioga salom yo‘llayman!» — deb yozdi u o‘z telegram-kanalida.

Shuningdek, Mostovoy Kannavaro bilan padel o‘yinidan keyingi birgalikdagi suratni ham ijtimoiy tarmoqqa joyladi.

Mostovoy Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligiga noodatiy tarzda munosabat bildirdi

Avvalroq xabar qilinganidek, Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishga og‘zaki rozilik bergan. 52 yoshli mutaxassis o‘z murabbiylik faoliyati davomida «Evergrand», «An-Nasr», «Benevento», «Udineze» kabi klublarni boshqargan. Kannavaro faoliyat olib borgan so‘nggi jamoa Zagrebning «Dinamo»si bo‘lib, u bu yerdan 2024 yil aprelida ketgan edi.

Kiritildi: 09:19 04.10.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!