Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina dronlari Putinning Sochidagi tashrifi paytida hujum qildimi?

Ukraina dronlari Putinning Sochidagi tashrifi paytida hujum qildimi?

Shahar aeroportida 40 dan ortiq reys kechiktirildi.


2 oktyabr kechqurun Ukraina dronlari Rossiyaning Sochi shahriga hujum qilgani xabar qilindi. Ayni paytda u yerda Prezident Vladimir Putin Valday forumi doirasidagi plenar sessiyada nutq so‘zlagan edi. Bu haqda xorijiy OAVlar xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 22:30 da Sochi va Gelendjik aeroportlari yopilgan. Yarim soat o‘tib, Sochi shahar hokimi Andrey Proshunin shaharga dron hujumi tahdidi haqida ma’lum qildi.

Shahar aholisi Shot telegram-kanaliga havo mudofaa tizimlarining Qora dengiz ustidan otilganini, sirena sadolari fonida portlashlar bo‘lganini ma’lum qilishdi. Shuningdek, federal hudud Sirius rahbari Dmitriy Plishkin ham BPLA hujumi tahdidi haqida xabar berdi.

«Barcha kuch va vositalar uni qaytarishga tayyor. Iltimos, xotirjamlikni saqlang, oynalardan uzoqda turing va xavfsiz joyga yashiringaningiz ma’qul», — deb yozdi u telegramda.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 oktyabr soat 21:30 dan 3 oktyabr soat 07:00 gacha PVO va radioelektron kurash kuchlari Qora dengiz ustidan 11 ta Ukraina droniga, Qrim hududida esa yana 4 ta urinishga qarshi harakat qilgan. Sirius va Sochida dron tahdidi taxminan 30–40 daqiqa davom etgan.

Shu bilan birga, Sochi va Gelendjik aeroportlaridagi cheklovlar 7 soat davom etgan.

Rossiya Turoperatorlari Assosiasiyasi (ATOR) ma’lumotiga ko‘ra, juma kuni tongda Sochida 40 dan ortiq reyslar kechiktirilgan — 24 ta uchish va taxminan 20 ta qo‘nish reyslari. ATOR ma’lum qilishicha, joriy etilgan «Kover» rejasi reyslarning jiddiy kechikishiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Putin Sochidagi Valday klubining plenar sessiyasida ishtirok etdi. Uning chiqishi va savol-javob qismi deyarli to‘rt soat davom etdi va taxminan soat 22:00 da yakunlangan.

Kiritildi: 08:56 04.10.2025. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!