Ukraina Bosh shtabi Rossiyadagi ikkita neftni qayta ishlash zavodi yo‘q qilinganini e’lon qildi.
Bu haqda agentlik matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 avgustga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Krasnodardagi Krasnodar neftni qayta ishlash zavodiga zarba bergan va yana Rossiyaning Samara viloyatidagi Sizran neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilgan.
Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, operasiya "dushmanning hujum salohiyatini kamaytirish va harbiy qismlarni yonilg‘i bilan ta’minlashni murakkablashtirish" doirasida amalga oshirilgan.
Dronlar tomonidan neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Sizran neftni qayta ishlash zavodi yaqinida yong‘in kuzatilmoqda.
Krasnodar neftni qayta ishlash zavodi yiliga 3 million tonna neft mahsulotlarini ishlab chiqarish loyiha quvvatiga ega bo‘lib, avtobenzin, dizel, aviasiya yoqilg‘isi ishlab chiqaradi.
Sizran neftni qayta ishlash zavodi yiliga 8,5 million tonna neft mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.