Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mossad AQSh Markaziy razvedka boshqarmasini ogohlantirdi

Mossad AQSh Markaziy razvedka boshqarmasini ogohlantirdi

Mossad Eron Trampga suiqasd tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasini ogohlantirdi.

Isroil razvedka xizmati «Mossad» AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga (SRU) Eron prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyatidagi yuqori lavozimli amaldorlarga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Bu haqda Israel Hayom nashri Isroil va AQShdagi yuqori lavozimli manbalarga tayanib xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ehtimoliy hujumlarning bir nechta ssenariysi ko‘rib chiqilmoqda.

Taxmin qilinayotgan rejalardan biri portlovchi moddalar bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni nazarda tutadi.

Israel Hayom ta’kidlashicha, Isroil razvedkasi qo‘lga kiritgan ma’lumotlar yana bir G‘arb razvedka xizmati tomonidan ham tekshirilgan.

Biroq ehtimoliy operasiyaning tafsilotlari, jumladan, hujumlar qachon va qayerda amalga oshirilishi mumkinligi oshkor etilmagan. AQSh rasmiylari hozircha bunday reja mavjudligini rasman tasdiqlamagan.

Xavf haqidagi xabarlar ortidan AQSh hukumati ma’muriyat vakillarining xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori lavozimli ayrim amaldorlar qo‘riqlanadigan ob’ektlarga ko‘chirilgan, ular ishtirokidagi ommaviy tadbirlar esa qo‘shimcha cheklovlar asosida o‘tkazila boshlangan.

Eronning ehtimoliy suiqasd rejalari haqidagi xabarlar Vashington, Tehron va Tel-Aviv o‘rtasidagi keskinlik saqlanib qolayotgan bir paytda tarqaldi.

Kiritildi: 22:32 15.11.2026. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik