Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Moldova favqulodda holat e’lon qildi

Moldova favqulodda holat e’lon qildi

Moldova parlamenti 16 dekabrdan boshlab energetika sohasida 60 kunlik favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi, xabar bermoqda ProTV telekanali.

Deputatlar 13 dekabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bunga ovoz berdi, qarorni 101 deputatdan 56 nafari qo‘llab-quvvatladi.

Parlament bosh vazir Dorin Rechan tashabbusi bilan 2025 yil 1 yanvardan boshlab Ukraina orqali gaz tranziti to‘xtatilishi mumkinligi sababli tegishli qarorni qabul qildi. Kishinyov Rossiya gazini Ukraina orqali oladi.

Moldova hukumati Dnestrbo‘yida gaz ta’minoti butunlay to‘xtatilishi, shuningdek, Dnestrning o‘ng qismiga elektr energiyasi ta’minoti uzilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Shu munosabat bilan, ProTV xabariga ko‘ra, hukumat favqulodda vaziyatda turli xil harakatlarni amalga oshirish uchun barcha zarur vositalarga ega bo‘lishi kerak.

Ukraina hukumati 2024 yil boshida bir necha bor 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya gazi va neftining Yevropaga tranzitini to‘xtatishini aytgan edi. Shu bilan birga, Kiyev boshqa davlatlardan tranzitni amalga oshirishga tayyor, dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak.

Tan olinmagan Dnestrbo‘yi rahbari Vadim Krasnoselskiy 9 dekabr kuni Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatishi mumkinligi sababli 30 kunlik favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

«Kommersant» xabariga ko‘ra, Rossiya va Moldova noyabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Ukraina bilan tranzit shartnomasi tugagach, tan olinmagan Dnestrbo‘yi hududiga Turkiya orqali gaz yetkazib berishni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 17:42 13.12.2024. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!