Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Misrda inflyasiya rekord darajaga yetdi: Yaqin Sharqdagi mojaro iqtisodiyotga zarba bermoqda

Misrda inflyasiya rekord darajaga yetdi: Yaqin Sharqdagi mojaro iqtisodiyotga zarba bermoqda

AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi fonida Misrda inflyasiya o‘tgan yilning may oyidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Iste’mol narxlarining o‘sishi fevral oyidagi 13,4% dan mart oyida 15,2% gacha yetdi.

«Bloomberg» agentligining xabar berishicha, bu Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro oqibatlari bilan bog‘liq: milliardlab dollarlik xorijiy portfel investisiyalarining chiqib ketishi kuzatildi, Misr funtining kursi rekord darajadagi eng past ko‘rsatkichga tushdi, hukumat esa elektr energiyasi uchun yanada yuqori to‘lovlarga duch keldi.

Shu sababli, hukumat mart oyida yoqilg‘i va jamoat transporti narxlarini oshirdi, o‘tgan dam olish kunlarida esa biznes va yirik iste’molchilar uchun elektr energiyasi tariflarini 16–20% ga ko‘tardi. Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar narxi ham o‘tgan oyda yillik hisobda 5,8% ga oshdi.

Kiritildi: Bugun 15:17. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!