Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Millatlar ligasi. O‘n kishi bo‘lib qolgan Fransiya Italiya bilan durang qayd etdi

Millatlar ligasi. O‘n kishi bo‘lib qolgan Fransiya Italiya bilan durang qayd etdi

Fransiya Millatlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida Italiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

55-daqiqada Maykl Olise jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi. 68-daqiqada esa Alessandro Bastoni raqib maydonida to‘pni olib qo‘yib, Italiyaning javob golini kiritdi.

Uchrashuv yakuniga yaqin Fransiya bir kishi kam bo‘lib qoldi. 85-daqiqada Dayo Upamekano ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Fransiya musobaqada ilk bor g‘alaba qozona olmadi. Jamoa 7 ochko bilan A ligasining 1-guruhida peshqadamlikni davom ettirmoqda. 4 ochkoga ega Italiya esa guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi turda Fransiya Belgiyaga qarshi, Italiya esa Turkiya bilan o‘ynaydi. Har ikki uchrashuv 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:45 03.10.2026. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!