Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, shuningdek, noqonuniy migrantlar tufayli Rossiya jamiyatida jiddiy taranglik yuzaga kelganini ta’kidladi.
"Milliy xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, mehnat bozorini himoya qilish migrasiya siyosatidagi asosiy vazifalar bo‘lib qolmoqda. Nazoratsiz va noqonuniy migrasiya Rossiya dushmanlari uchun foydali, uni qat’iy to‘xtatish lozim", — dedi u.
Bundan tashqari, Medvedev tashqi mehnat migrasiyasi sohasidagi vakolatlar Rossiya Ichki ishlar vazirligiga topshirilishini bildirdi.