Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Microsoft’dagi yirik texnik nosozlik yetkazgan zarar qanchaga tushadi?

Microsoft’dagi yirik texnik nosozlik yetkazgan zarar qanchaga tushadi?

Microsoft’dagi yirik texnik nosozlik yetkazgan zarar 7 milliard dollardan oshishi mumkin.

Microsoft kompaniyasi 7:09 da Outlook, Teams va Copilot xizmatlari yana ishlay boshlaganini ma’lum qildi. Shu tariqa 12 noyabr kuni soat 19:26 da boshlangan serverlardagi yirik nosozlik bartaraf etildi. Dunyo bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar Outlook va Teams kabi ilovalardan foydalana olmagan.

Kompaniya ma’lum qilishicha, keng ko‘lamli uzilishga xatolik mavjud bo‘lgan dasturiy yangilanish sabab bo‘lgan. Ushbu xatolik dastlab sezilmagan va serverlarga bosqichma-bosqich ortiqcha yuklama tushirib, oxir-oqibat ularning ishdan chiqishiga olib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, 13 noyabr soat 17:10 da Microsoft 365 xizmatlari oddiy foydalanuvchilar uchun cheklovlarsiz qayta ishlay boshlagan. Korporativ mijozlar uchun esa xizmatlarni tiklash ko‘proq vaqt talab qilgan. Ular ertasi kunning tongiga qadar kutishga majbur bo‘lgan.

Natijada butun dunyo bo‘ylab kompaniyalarning ish jarayonlari va aloqalari 35 soat 43 daqiqa davomida izdan chiqqan. Elektron pochta, taqvim funksiyalari hamda Microsoft’ning sun’iy intellekt yordamchisi Copilot faoliyatida uzilishlar kuzatilgan.

AQShning Anderson Economic Group tahlil markazi baholashicha, Microsoft 365 tizimidagi nosozlik tufayli jabrlangan kompaniyalarga yetkazilgan iqtisodiy zarar 7 milliard dollardan oshishi mumkin.

Shuningdek, Microsoft nosozlik yuz bergan bir kun uchun obuna to‘lovlarining taxminan 830 million dollarini mijozlarga qaytarishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Kiritildi: 21:20 15.11.2026. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik