Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Meta 25 milliard dollar jarimaga tortildi

Meta 25 milliard dollar jarimaga tortildi

Meta Cambridge Analytica kompaniyasiga shaxsiy ma’lumotlarni uzatgani uchun 25 milliard dollar jarimaga tortildi.

AQShning Nyu-Meksiko shtati sudi hakamlar hay’ati Meta korporasiyasini foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga kimlar kirish imkoniga ega ekani haqida iste’molchilarni chalg‘itganlikda aybdor deb topdi. Kompaniya 25 milliard dollar jarima to‘lashga majbur qilindi.

Nyu-Meksiko shtati bosh prokurori Meta kompaniyasiga qarshi da’voni 2021 yilda kiritgan. Bunga avvalroq Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook’ning uchinchi tomon ilovasi orqali 87 million foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ega bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan.

Faoliyati to‘xtatilgan Cambridge Analytica kompaniyasi 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi bilan hamkorlik qilgan va maqsadli reklamalarni joylashtirishda ishtirok etgan.

Prokuror Meta ushbu faoliyatga ko‘z yumganini ta’kidlagan. Hakamlar hay’atining aksariyati korporasiya tomonidan 43 millionta qoidabuzarlik sodir etilgani haqidagi da’voni qo‘llab-quvvatlagan.

Nyu-Meksiko qonunchiligi har bir qoidabuzarlik uchun 5 ming dollargacha jarima belgilash imkonini beradi. Dastlab jarima miqdori 219 milliard dollarga yetishi mumkin edi. Biroq sudya uni 25 milliard dollargacha kamaytirdi.

Bu summa Meta kompaniyasining 2025 moliyaviy yildagi sof foydasining taxminan 41 foiziga teng.

Meta avval ham yirik jarimalarga duch kelgan

Bu Meta kompaniyasining Nyu-Meksiko shtatidagi birinchi yirik sud jarayoni emas. Mart va avgust oylarida ham kompaniya bolalar ruhiyatiga yetkazilgan zarar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha ko‘p million dollarlik jarima va tovon to‘lashga majbur qilingan.

Avgust oyi oxirida esa Meta AQShning bir qator shtatlari va hududlari ishtirokidagi da’voni sudgacha hal qilishga rozi bo‘lgan. Kelishuv doirasida kompaniya da’vogarlarga 18 milliard dollar to‘lash va voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha yangi, qat’iy choralarni joriy etish majburiyatini olgan.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!