Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Messi va Ronaldu JCH-2026'da qaysi bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Messi va Ronaldu JCH-2026'da qaysi bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

5 dekabr, juma kuni Vashingtonda (AQSh) futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu tariqa, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qachon to‘qnash kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Argentina J guruhidan joy olgan bo‘lib, ularning raqiblari Avstriya, Jazoir va Iordaniya terma jamoalari bo‘ladi. Portugaliya K guruhida Kolumbiya, O‘zbekiston va pley-off g‘olibi (Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo DR) bilan o‘ynaydi.

O‘zaro o‘yin uchun Argentina va Portugaliya o‘z guruhlarida g‘alaba qozonishi, shuningdek, 1/16 va 1/8 finalda ham muvaffaqiyat qozonishi kerak. Faqat 1/4 finalda Argentina Portugaliya bilan to‘qnash kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida jami 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Jahon chempionati - 2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!