Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi: «Men uchun futboldagi eng asosiy marra Qatardayoq zabt etilgan»

Messi: «Men uchun futboldagi eng asosiy marra Qatardayoq zabt etilgan»

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o‘z faoliyatining videoo‘yinga qiyoslanishiga munosabat bildirdi.

Yakshanba kuni 39 yoshli futbolchi ikki karra jahon chempioniga aylanishi mumkin. Argentinaliklar mundial finalida Ispaniya bilan o‘ynaydi.

— Faoliyatingiz videoo‘yinga o‘xshaydi: siz oxirgi bosqichga yetmaguningizcha bir darajadan ikkinchisiga o‘tasiz.

— Men o‘yinni Qatarda bo‘lib o‘tgan o‘tgan Jahon chempionatidayoq yakunlab bo‘lganman, o‘shanda biz finalda g‘alaba qozongandik, — deb javob berdi Messi jurnalistga.

Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda «albiseleste» trofey uchun hal qiluvchi bahsda Fransiyani mag‘lub etgan edi — o‘shanda hammasi penaltilar seriyasida hal bo‘lgandi.

Kiritildi: 17:45 18.07.2026. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!