Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi bilan birga o‘n nafar futbolchi JCh finalidan so‘ng Argentinaga uchib ketmadi

Messi bilan birga o‘n nafar futbolchi JCh finalidan so‘ng Argentinaga uchib ketmadi

Lionel Messi va yana to‘qqiz nafar Argentina terma jamoasi futbolchisi "Jahon chempionati – 2026" finalida Ispaniyaga mag‘lubiyatdan so‘ng vataniga qaytmaslikka qaror qildi.

Natijada Argentinaga jami 16 nafar futbolchi qaytdi, qolganlari esa AQShda qoldi, klublariga jo‘nab ketdi yoki ta’tilga chiqdi.

TyC Sports xabariga ko‘ra, Messi va uning "Inter Mayami"dagi jamoadoshi Rodrigo de Paul AQShda qolgan futbolchilar qatorida.

Jahon chempionati finali Messi uchun statistika jihatdan omadsiz o‘yin bo‘ldi – u ilk bor mundial hal qiluvchi bahsida gol ham, golli uzatma ham qayd etolmadi. Argentina qo‘shimcha daqiqalarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlikni ham boy berdi. Endi uni bir gol farqi bilan Kilian Mbappe ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 23:43 20.07.2026. O'qildi: 1359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!