Bayden menga: "Yo‘q, sen NATOga qo‘shilmaysan", degan. Men bu masalani qayta-qayta ko‘targandim va Oq uydagi ba’zi odamlar mening qat’iyatliligim tufayli jilmayib, boshqacha munosabatda bo‘lishdi. Ular doim mening qattiqqo‘l ekanligimni aytishardi. Nima uchunligini bilmayman, dedi Zelenskiy.
"Lekin bu hozircha shunday, hammasi o‘zgarishi mumkin. Siyosatchilar ham o‘zgaradi: kimdir ketadi, kimdir vafot etadi. Hayot shunday", - dedi Ukraina prezidenti Yevropa Kengashi yig‘ilishidagi nutqida.
Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
- Agar Yevropa pul bermasa Rossiya bahorga kelib, Ukriana urushi front chizig‘ida ustunlikka ega bo‘ladi;
- Ukrainada endi ba’zi havo mudofaasi tizimlari uchun raketalar yo‘q;
- Agar Rossiya yana tajovuzni boshlasa, Qo‘shma Shtatlar nima qiladi? Mening bitta maqsadim bor - bu savolga javob olish;
- Men Ukraina Konstitusiyasini NATO bilan bog‘liq masalada o‘zgartirish kerak, deb o‘ylamayman. Chunki alyansga a’zo bo‘lish bizning yo‘nalishimiz va u o‘zgarmaydi.