Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Meksikada dunyodagi eng katta futbol darsi o‘tkazildi

Meksikada dunyodagi eng katta futbol darsi o‘tkazildi

Meksika poytaxti Mexiko shahrida dunyodagi eng ommaviy futbol darsi bo‘yicha Ginness rekordlar kitobi rekordi o‘rnatildi.

Mamlakatning markaziy Sokalo maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotda qariyb 9 500 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Taxminan 40 daqiqa davom etgan dars avvalgi rekordni ortda qoldirdi. Ungacha eng ommaviy futbol mashg‘uloti 2025 yilda Sietl shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 1 038 kishi ishtirok etgan edi.

Tadbir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati munosabati bilan tashkil etildi.

Kiritildi: 22:56 16.03.2026. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!