Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda jamoa qaydnomasida bo‘ladi, ammo...

Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda jamoa qaydnomasida bo‘ladi, ammo...

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida 17 mart kuni «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. U jamoa bilan birga Manchesterga yo‘l oladi, biroq o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Shu bilan birga, Mbappe bahs davomida maydonga tushish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki uchrashuvda «Real» «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. O‘sha o‘yinda Federiko Valverde xet-trik qayd etgan.

Kiritildi: Bugun 16:27. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!