Bugun 6 mart, 2026 yil, juma

КИР

Mbappe Jahon chempionatni o‘tkazib yuborishi mumkin

Mbappe Jahon chempionatni o‘tkazib yuborishi mumkin

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Bu haqda "El Larguero" xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, forvardning tizzasidagi xochsimon boylami uzilish arafasida turibdi. Ayni vaqtda fransiyalik futbolchi ushbu boylamni tiklashga bor e’tiborini qaratmoqchi. Tiklanish jarayoni sekin va bosqichma-bosqich bo‘lishi lozim.

Agar hujumchi davolanishni tezlashtirsa jarohat yanada og‘irlashishi mumkin. Bunday holda, Mbappe yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Hozirda "qirollik klubi"ning tibbiy shtabi fransiyalik futbolchining tiklanish strategiyasini ishlab chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi joriy mavsum madridliklar safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol kiritdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 23:55 05.03.2026. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!