Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Prezidenti Marko Rubio va Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topshirdi.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Uning O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi e’tirof etildi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari alohida ta’kidlandi.

Serjio Gor esa O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Uning siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, amerikalik sarmoyadorlarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari e’tirof etildi.

Kiritildi: 22:36 19.10.2026. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!