O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi yagona turistik makon — “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratish tashabbusini ilgari surdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi notinch vaziyatlar tufayli sayyohlar xavfsiz yo‘nalishlarni izlamoqda va Markaziy Osiyo bu borada katta salohiyatga ega.
🏛 Prezident Toshkentdagi Islom sivilizasiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini mintaqa turizmining yangi durdonalari sifatida qayd etdi.
Shuningdek, Prezident qo‘shni davlatlar va Osiyo taraqqiyot bankini turizm sohasidagi qo‘shma loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirishga chaqirdi.