Bu haqda Ukraina prezidenti Yerevanda o‘tayotgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida bayonot berdi.
"Rossiya 9 may kuni Moskvada harbiy texnikasiz parad o‘tkazilishini e’lon qildi. Agar shunday bo‘lsa, bu ko‘p yillardan beri birinchi marta ularning harbiy texnika chiqarishga qurbi yetmayotganini anglatadi. Ular Qizil maydon uzra dronlar uchib o‘tishi mumkinligidan xavotirda. Bu juda ko‘p narsadan dalolat beradi va hozir ular kuchli emasligini ko‘rsatadi", — dedi Zelenskiy.
Uning fikricha, shu yozda Vladimir Putin urushni kengaytirish yoki diplomatiyaga o‘tish bo‘yicha bir qarorga keladi. Zelenskiy Putinni diplomatiyaga majburlash kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Keyinroq jurnalist Yulian Ryopke Zelenskiyning nutqi aks etgan videoni e’lon qildi. Undan ma’lum bo‘lishicha, Zelenskiy haqiqatan ham Moskva 9 may kuni Ukraina dronlaridan xavfsirayotganini aytgan.