Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

«Bu yerda halol o‘yindan asar ham yo‘q» — Jahon chempionatining rasmiy to‘pi keskin tanqid qilindi

«Bu yerda halol o‘yindan asar ham yo‘q» — Jahon chempionatining rasmiy to‘pi keskin tanqid qilindi

Jahon chempionatining rasmiy to‘pi — Adidas Trionda uning narxi va ishlab chiqarishda qatnashayotgan pokistonlik ishchilar mehnatiga to‘lanayotgan haq o‘rtasidagi nomutanosiblik sababli Yevropa ommaviy axborot vositalarida keskin bahslarga sabab bo‘ldi.

To‘pning chakana narxi 150 yevro etib belgilangan bo‘lib, bu Jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Biroq pokistonlik ishchilarga ushbu mehnati uchun juda kam haq to‘lanmoqda. Shu sababli faollar, xususan, britaniyalik huquq himoyachilari bu borada haqiqiy «to‘polon» ko‘tarishdi, deb xabar bermoqda derbyderbyderby.it.

«Adidas va FIFA ushbu to‘plarni tayyorlayotgan barcha ishchilar munosib hayot kechirishi va o‘z oilalarini boqa olishini kafolatlashi shart. O‘yinning asosiy ramzini yaratishda firibgarlik ishlatilayotgan bir paytda, qanday qilib "feyr-pley" (halol o‘yin) haqida gapirish mumkin?» — deb yozadi britaniyalik faol Anna Brayxer.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati bahslari joriy yilning 11 iyun kuni start oladi.

Kiritildi: Bugun 20:04. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!