Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq qo‘mondoni, hozirda Eron oliy rahbarining maslahatchisi bo‘lgan Muhsin Rizoiy bu haqda X platformasida yozib qoldirdi.
"AQSh — aviatashuvchiga ega dunyodagi yagona qaroqchi davlatdir. Bizning qaroqchilarga qarshi kurashish qobiliyatimiz harbiy kemalarni cho‘ktirish imkoniyatlarimizdan aslo qolishmaydi. Samolyotingiz qoldiqlari Isfahonda qolganidek, kemalaringiz va qo‘shinlaringiz ham dengiz qabristoniga tushishiga tayyor turing", — deya ta’kidladi eronlik rasmiy.
Mamlakat qurolli kuchlariga ko‘ra, vaziyat qat’iy nazorat ostida ekanligi va kemalarga Tehron ruxsatisiz bo‘g‘oz orqali o‘tmaslik tavsiya qilindi.
Shuningdek, har qanday xorijiy harbiy kuchlar, ayniqsa AQSh harbiylari, bo‘g‘ozga yaqinlashish yoki kirishga urinishsa, hujumga uchrashi ta’kidlandi.
Avvalroq prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qamal qilishini qaroqchilikka qiyoslab, buni “juda daromadli ish” deb atagan edi.