Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda Yulduz Usmonovaga qarshi kampaniya boshlandimi?

AQShda Yulduz Usmonovaga qarshi kampaniya boshlandimi?

9 may kuni Nyu-Yorkning Brayton-Bich tumanida konsert berishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga qarshi kampaniya boshlandi.

Nyu-York shtati gubernatorligiga nomzod, Nassau okrugi gubernatori Bryus Bleykman va Nyu-York shtati assambleyasi a’zolari Maykl Novaxov va Alek Bruk-Krasni san’atkorning chiqishiga qarshi chiqishdi.

Kampaniya tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, ular Yulduz Usmonovaga uning ommaviy antisemitizm bayonotlaridan voz kechishni va uzr so‘rashni taklif qilishgan. Biroq xonanda rad javobini bergan.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga Usmonovaning barcha AQSh vizalarini bekor qilishni so‘rab xat yuborildi.

Bugun (4 may) Nyu-Yorkda ushbu kampaniyaga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb yozmoqda

Kiritildi: Bugun 13:07. O'qildi: 1062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!