24 yoshli Alina Vetrova Annapurna lageri hududidan yakka sayohatga chiqqanidan keyin bedarak yo‘qolgan edi. Qutqaruv operasiyasi 3 hafta davom etgan, ammo qor ko‘chkisi tufayli u halok bo‘lgan deb hisoblanib, oilasi Novosibirskda ramziy dafn marosimini o‘tkazgan. 2025 yil boshida esa National Geographic guruhi Nepal tog‘laridagi 4800 metr balandlikda joylashgan yopiq monastirda yevropalik ayolni topgan. U monaxlar libosida bo‘lib, tibet va nepal tillarida erkin gapira olgan.
Alina tog‘ kasalligi sabab hushidan ketgan holda monaxlar tomonidan topilgan va davolangan. Shu vaqt ichida u tibet tibbiyoti, meditasiya va dorivor o‘simliklarni o‘rganishga kirishgan.
Jurnalistlar undan qaytishni istaysanmi, deb so‘raganda u rus tilida, ammo aksent bilan: «Men allaqachon uydaman. Tog‘lar tanlanganlarni qo‘yib yubormaydi», deb javob bergan. Ota-onasi uni qidirib kelishmoqda, uchrashuv oy oxiriga belgilangan.