Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Bu Moskvadagi parad uchun bir necha soatlik xavfsizlikmi yoki kattaroq sulhmi, aniqlab olamiz — Zelenskiy G‘alaba kunidagi sulh haqida.

Ukraina lrezidenti Zelenskiy Vladimir Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi.

"Vakillarimizga Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti jamoasi bilan bog‘lanishni va Rossiyaning qisqa muddatli sulh haqidagi taklifi tafsilotlarini batafsil bilishni topshirdim. Ukraina tinchlikka intiladi va ushbu urushni haqiqatda tugatish uchun zarur diplomatik harakatlarni ta’minlaydi.

Gap aynan nima haqida ketayotganini aniqlab olamiz: Moskvadagi parad uchun bir necha soatlik xavfsizlikmi yoki undan kattaroq narsami. Bizning taklifimiz — o‘t ochishni uzoq muddatga to‘xtatish, odamlar uchun ishonchli xavfsizlik va barqaror tinchlikni ta’minlashdir. Ukraina har qanday munosib va samarali formatda buning uchun ishlashga tayyor", — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!