Bu haqda DW eksperti ma’lum qildi.
Mamlakat hozirda migrasiyaning yangi modeliga — Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi kabi tizimga o‘tmoqda. Bu haqda Berlindagi Migrasiya siyosati instituti (RUSMPI) direktori Olga Gulina "DW Novosti" dasturida ma’lum qildi. Ushbu model doirasida mamlakat migrantlarning qolishidan manfaatdor emas: ular keladi, ishni bajaradi va ketadi.
Rossiya endi ularning integrasiyasi uchun sarmoya kiritishga tayyor emas va til bilish masalasi avvalgidek ahamiyatga ega bo‘lmay qoldi.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyodan kelayotgan migrantlarning Rossiyani asosiy yo‘nalish sifatida tanlash ehtimoli kamaymoqda. Mintaqadagi migrasiya oqimlari yo‘nalishini o‘zgartiryapti: masalan, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi davlatlari, jumladan Germaniya bilan qator kelishuvlar imzolagan hamda Yevropa mehnat bozoriga avtobus haydovchilari, tibbiyot va xizmat ko‘rstatish xodimlarini yetkazib berishga tayyor.
"Shu sababli yaqin kelajakda Rossiya shaharlari ko‘chalarida Hindiston, Pokiston, Myanma va Bangladesh fuqarolarini ko‘proq uchratamiz. Ya’ni, migrasiyaning qiyofasi butunlay boshqacha bo‘ladi", — deya xulosa qildi ekspert.