Markaziy bank tijorat banklariga sud qarori chiqqan kreditlarni tekshirib, noqonuniy hisoblangan foiz va jarimalarni bekor qilish hamda undirilgan mablag‘larni qarz oluvchilarga qaytarish vazifasini yukladi.
Qonunga ko‘ra, kredit qarzini undirish bo‘yicha sud qarori chiqqach, qarorda belgilangan summaga qo‘shimcha foiz, jarima va penya hisoblash to‘xtatilishi kerak.
Banklar 10 dekabrgacha ichki audit o‘tkazishi, 25 dekabrgacha esa Markaziy bankka hisobot taqdim etishi shart.