Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" uchun yanada og‘ir jazo ssenariysi muhokama qilinmoqda

"Manchester Siti" uchun yanada og‘ir jazo ssenariysi muhokama qilinmoqda

"Manchester Siti" moliyaviy qoidalarning ko‘plab buzilishlarida o‘zini aybsiz deb hisoblamoqda. Klub mustaqil komissiyaning aybdorlik haqidagi qarori ustidan apellyasiya bergan. Agar manchesterliklar apellyasiyada yutqazsa, klub jiddiy jazoga duch kelishi mumkin.

The Touchline jurnalist Dankan Kastlzga tayanib xabar berishicha, "Manchester Siti"ni nafaqat Premyer-ligadan chiqarib yuborish, balki Angliya futbol ligasiga ham qabul qilmaslik ssenariysini qo‘llab-quvvatlayotganlar ko‘p.

Angliya futbol ligasi tarkibiga Chempionship, Birinchi liga va Ikkinchi liga, ya’ni mamlakat futbolidagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajali divizionlar kiradi.

Shuningdek, "Manchester Siti"ning Abu-Dabilik egalarini klub boshqaruvidan chetlatish g‘oyasi ham qo‘llab-quvvatlanayotgani aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:20. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!