Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti" "Real" yarim himoyachisi transferi bo‘yicha so‘rov yubordi

"Manchester Siti" "Real" yarim himoyachisi transferi bo‘yicha so‘rov yubordi

"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Migel Serranoning ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Siti" urugvaylik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Ikki hafta muqaddam "shaharliklar" madridlik klubdan yarim himoyachining transferga qo‘yilishi mumkinligi haqida surishtirishgan. Hozircha "Manchester Siti"dan rasmiy taklif tushmagan. "Qaymoqranglilar" futbolchini shu yozda sotishni istamayapti, biroq agar "jozibador taklif" kelib tushsa va futbolchining o‘zi ketishni xohlasa, "Real" uni yuz million yevrodan kam bo‘lmagan summaga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘ladi.

2025/26 yilgi mavsumda Federiko Valverde "Real" safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:06 14.07.2026. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!