Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti» Ispaniya terma jamoasi himoyachisini transfer qilish ishlarini boshladi

«Manchester Siti» Ispaniya terma jamoasi himoyachisini transfer qilish ishlarini boshladi

«Manchester Siti» transfer bozorida o‘z tarkibini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. AS nashrining xabar berishicha, Angliya Premyer-ligasi grandi yangi o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi. Jamoada aynan mazkur pozisiya eng muammoli nuqtalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» Pedro Porro masalasida «Tottenxem» bilan aloqalarni boshlab ulgurgan. «Shaharliklar» futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionatiga yo‘l olguniga qadar kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

«Tottenxem» hozircha Porro bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi. O‘yinchining amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. «Shporlar» ispaniyalik futbolchi uchun 50 million funt sterling (taxminan 58 million yevro) miqdorida narx belgilagan.

Kiritildi: Bugun 14:18. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!