Xitoyning markaziy qismida mikroavtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida avariya sodir bo‘ldi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida 13 kishi halok bo‘ldi.
Xitoy Markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, avariya Xenan provinsiyasining Nanyan shahar okrugi hududidan o‘tuvchi G40 Shanxay — Shensi tezkor avtomagistralida yuz bergan.
«Avariya oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohatlandi», — deyiladi xabarda.