Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singxning aytishicha, uning mamlakati geosiyosiy muammolar hamda rasmiy va norasmiy bosimlarga qaramay, Rossiya bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishga qaror qabul qilgan.
“Hindistonga nisbatan geosiyosiy chaqiruvlar hamda rasmiy va norasmiy bosimlar mavjud bo‘lsa-da, mamlakatimiz Rossiya bilan yaqin aloqalarni davom ettirish niyatida. Biz rossiyalik hamkasblarimiz bilan o‘zaro munosabatlarimizni chuqurlashtirish va kengaytirish haqida qaror qabul qildik”, dedi Singx Moskvada Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan muzokara chog‘ida.
Uning bahosiga ko‘ra, geosiyosiy vaziyatga qaramay Moskva va Dehli o‘rtasidagi munosabatlar "ajoyib barqarorlikni ko‘rsatdi".