Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkin

Joriy yilning 4 fevralida Statistika agentligi «2024 yil dekabr oyida o‘tgan yilning may oyiga nisbatan hisoblangan iste’mol narxlari indeksidan kelib chiqib, 2025 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari (MIX) qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etgani»ni ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan hamda Konstitusiyaning 46-moddasi (qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas)ga ko‘ra, pensiya, nafaqa va qonun bilan belgilangan boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar miqdori rasman oshirilishi mumkin.

Bunda ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdorlari oyiga 669 ming so‘mga yetkazilishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday holat 2024 yilning aprelida ham kuzatilgan va bu Prezidentning PF–69-son farmoni bilan tartibga solingan edi.

Unda 2024 yilning 1 mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorda belgilanganligi sababli tegishlicha pensiyalarning ham miqdori oshirilgan.

Kiritildi: Bugun 12:29. O'qildi: 7438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!