Qozog‘istonda maktab o‘quvchilariga salomlashish madaniyatini o‘rgatish taklif qilindi.
Tashabbusni “Adilet” partiyasi deputati Aybek Sairov ilgari surdi, deb xabar bermoqda @SputnikKZ.
Uning aytishicha, salomlashish “madaniy kodning eng oddiy, ammo chuqur unsurlaridan biri”. Etiket qoidalarini o‘quvchilarga sinf soatlari, maktab qoidalari, ota-onalar bilan ishlash va o‘qituvchilarning shaxsiy namunasi orqali o‘rgatish taklif qilinmoqda.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti erkaklarning quchoqlashib ko‘rishishlarini tanqid qilib, ular qo‘l berib ko‘rishish bilan cheklanishi kerakligini aytgan edi.