Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi Qonuni (O‘RQ–1184-son, 21.10.2026 y.) qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etiladi.

Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.

Alifbo tarkibi:

A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).

Shuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:

🔹 Qonun kuchga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarda takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lishi ularning amal qilishiga va muomalada bo‘lishiga monelik qilmaydi;

🔹 davlat organlari va tashkilotlarining takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lgan ramziy belgilari va boshqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining bo‘rtma tasviridan, geografik ob’ektlarning nomlari tushirilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa ashyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.



Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 20:35 21.10.2026. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!