Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

"Liverpul" Slotni iste’foga chiqarishga qaror qildi

"Liverpul" Slotni iste’foga chiqarishga qaror qildi

"Liverpul" rahbarlari Arne Slotning keyingi mavsumda jamoa bosh murabbiyi bo‘lmasligi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Stiven Jerrard "Liverpul"ni vaqtinchalik boshqarga tayyor. 45 yoshli mutaxassis hozirda ishsiz. Agar mersisaydliklar bunga rozi bo‘lishsa, Jerrard jamoa bilan ishlashga tayyor bo‘ladi.

Arne Slot qo‘l ostida "Liverpul" o‘tgan mavsumda Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Ammo bu mavsumda mersisaydliklar muxlislarni xursand qilmayapti va hozirda Premyer-liga jadvalida atigi oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:50 26.01.2026. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!