Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Levandovski Messi va Ronalduning tarixiy natijasini takrorladi

Levandovski Messi va Ronalduning tarixiy natijasini takrorladi

Robert Levandovski Yevropaning top-5 ligalaridagi 500-uchrashuvini o‘tkazdi.

"Barselona" hujumchisi La Liga 17-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga (2:0) qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydonga tushdi.

Dortmundning "Borussiya" va "Bavariya" klublarida to‘p tepgan polshalik forvard hisobida Yevropaning beshta yetakchi chempionatida (Ispaniya, Angliya, Germaniya, Italiya, Fransiya) 389 ta gol bor.

Bu Lionel Messi (496 ta gol) va Krishtianu Ronalduning (495 ta gol) ko‘rsatkichlaridan keyin 500 o‘yindan iborat tarixdagi uchinchi natijadir.

Kiritildi: 23:36 21.12.2025. O'qildi: 171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!