Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Lavrov Rubio bilan Ukraina urushini muhokama qildi

Lavrov Rubio bilan Ukraina urushini muhokama qildi

Rossiya TIV xabariga ko‘ra, 27 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali suhbatlashdi.

"Muloqotda asosiy e’tibor “Ukraina inqirozi mavzusiga” qaratilgan bo‘lib, bu 25 aprel kuni Moskvada Vladimir Putin va Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatning davomidir. Vazir va davlat kotibi uzoq muddatli barqaror tinchlikka erishish maqsadida muzokaralarni boshlash uchun yuzaga kelayotgan sharoitlarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar", deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Suhbatning boshqa tafsilotlari ochiqlanmadi.

Kiritildi: 12:28 28.04.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!