Hindiston havo kuchlari bir kechada Pokistondagi fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, to‘rtta masjidga hujum uyushtirdi.
Bu haqda Pokiston armiyasi matbuot xizmati vazifasini bajaruvchi Xizmatlararo jamoatchilik bilan aloqalar (ISPR) bosh direktori general-leytenant Ahmad Sharif Chaudri ma’lum qildi, deya xabar beradi Pakistan Daily nashri.
Unga ko‘ra, zarbalar Ahmadpur Sharqiy va Muridke (Panjob viloyati), Muzaffarobod va Kotli (Pokistonning Azad Jammu va Kashmir hududi) shaharlaridagi masjidlarga qaratilgan.
Yana bir snaryad Sialkot shahri yaqinidagi qishloqqa tushdi, biroq qo‘nganidan so‘ng noto‘g‘ri otish tufayli portlamay qoldi.