Britaniya Rossiya bilan urush holatida yangilangan harakat rejasini ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda Telegraph gazetasi xabar bermoqda .
Ta`kidlanishicha, yangi reja urushning dastlabki kunlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligini belgilab beradi. Maxfiy hujjat hukumatning urush e’loniga munosabatini belgilaydi, shuningdek, qirol oilasi va vazirlar mahkamasi uchun bunkerlar, ommaviy eshittirish va resurslarni yig‘ish masalalariga to‘xtalib o‘tadi.
Nashrning qayd etishicha, reja bir nechta urush stsenariylarini o‘z ichiga oladi: an’anaviy, yadroviy va kiber. Gazetaning ta’kidlashicha, aynan Kremldan kelayotgan tahdid ushbu hujjatni tayyorlashga turtki bo‘lgan.