Bugun 15 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

La-Mansh bo‘g‘ozi orqali Buyuk Britaniyaga o‘tishda migrantlar soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

La-Mansh bo‘g‘ozi orqali Buyuk Britaniyaga o‘tishda migrantlar soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Buyuk Britaniyaga noqonuniy yo‘l bilan yetib olishni ko‘zlagan 230 nafar immigrant La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tish uchun bitta shishiriladigan qayiqqa joylashdi. Bu haqda Britaniyaning "The Sun" nashri xabar berdi. Bu ko‘rsatkich La-Mansh orqali kichik qayiqlarda amalga oshirilgan safarlar tarixidagi bitta bortga eng ko‘p odam joylashishi bo‘yicha mutlaq rekord hisoblanadi.

Bungacha bo‘lgan avvalgi rekord yaqinda, ya’ni joriy yilning 23 iyul kuni o‘rnatilgan edi. O‘shanda bitta qayiq bortiga 165 kishi joylashib, Britaniya qirg‘oqlariga suzib kelgandi. Yangi rekord qayd etilgan kuni xuddi shunday xavfli safarga chiqqan boshqa bir qayiqda favqulodda holat yuz bergan. Bortida 173 nafar migrant bo‘lgan boshqa bir qayiq yo‘l boshidayoq yonib ketgan va undagi yo‘lovchilar ortga — Fransiya qirg‘oqlariga qaytishga majbur bo‘lishgan.

Britaniya Ichki ishlar vazirligi va sohil xavfsizlik xizmatlari bo‘g‘ozdagi noqonuniy migrasiya to‘lqini hamda qayiqlarning me’yordan ortiq to‘ldirilishi fojiali halokatlarga sabab bo‘lishi mumkinligidan jiddiy xavotir bildirmoqda.


Kiritildi: 16:20 11.08.2026. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!